Ushbu maqolada an’anaviy ijrochilikda uslub masalasi, ustoz san’atkor Mahmudjon Yo‘ldoshevning ijrochilik uslubi, ijrochilikning o‘ziga xos jihatlari ilmiy tahlil etilgan. Ashula janri ko‘lami keng, she’riy matn ma’nosi chuqur, alohida tayyorgarlik talab etadigan, maxsus maktab o‘tagan xonandalar kuylaydigan asarlarni o‘z ichiga olishi haqida so‘z olib boriladi.